О`quv yilida o`quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika fanidan – yozma;
➖Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki;
➖Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.
11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
➖Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
➖Tarix fanidan – yozma;
Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:
➖ Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
➖ Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.









