MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TAQDIRLASH MAROSIMI
Ayni daqiqalarda Mirzo Ulug‘bek tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir davomida mamlakatimiz taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya sohasi rivoji hamda yosh avlod kamoliga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha xodimlari, jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamda ta’lim sohasi xodimlari yuksak e’tirof etilib, ushbu faxriy esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda.
Taqdirlangan barcha hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz!













