Maktabimiz o'quvchisi Javohir To‘xtapulatov “Ilm-Fan fidoyisi” nomli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada munosib ishtirok etdi


50-sonli maktab o‘qituvchisi Javohir To‘xtapulatov “Ilm-Fan fidoyisi” nomli Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada munosib ishtirok etib, o‘zining ilmiy loyihasi hamda ilmiy maqolasi (Scientific Publication) bilan qatnashdi.

Konferensiyada ishtirok etgan qariyb 400 nafar qatnashchi orasida u eng kuchli ishtirokchilar safidan joy oldi. Uning ilmiy-amaliy ishi va ilmiy nashri ekspertlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, munosib e’tirofga sazovor bo‘ldi.
Konferensiya yakunlariga ko‘ra, Javohir To‘xtapulatov ko‘krak nishoni, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Mirzo Ulug‘bek tumani MMTB

Foydali Havolalar