Mirzo Ulug‘bek tumanida o‘tkazilgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi g‘olibi aniqlandi!

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktablarining “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari o‘rtasida tashkil etilgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Musobaqa davomida o‘quvchilar harbiy-sport yo‘nalishidagi turli shartlar bo‘yicha o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, jamoaviy hamkorligi hamda vatanparvarlik ruhini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani bosqichida faxrli 1-o‘rinni 50-IDUMning “Vatan tayanchi” jamoasi qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoani ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
Mirzo Ulug‘bek tumani MMTB









