Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar! Muhtaram Qurolli Kuchlarimiz faxriylari! Qadrli tumandoshlar!

Siz, azizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Xalqimiz sizlar kabi mard va jasur harbiylarimiz timsolida Vatanni himoya qilishdek dunyodagi eng ulug‘ ishni sharaf bilan ado etib, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari buyuk ajdodlarimizning shonli an’analarini munosib davom ettirib kelayotgan ona yurtimizning chinakam qalqonlarini ko‘radi.
Mana shu qutlug‘ ayyomda barchamiz sizlarning metin irodangiz, jangovar ruhingiz va shiddatingizga qarab, Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, sarhadlarimiz daxlsizligi mustahkam ishonchli qo‘llarda ekanini yanada chuqur his etmoqdamiz.
Yana bir bor barchangizni ushbu bayram bilan muborakbod etib, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, barcha orzularingiz ro‘yobga chiqishini hamda sharafli kasbingizda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilayman!
Hurmat bilan Mirzo Ulug’bek tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Piryazova Marxabo Bekmetovna









