Hurmatli ustozlar, tarbiyachilar, ota-onalar va aziz bolajonlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman!
Konstitutsiya – davlatimiz mustaqilligi, xalqimiz erkinligi, farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Unda inson huquq va erkinliklari, yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi borasidagi ustuvor tamoyillar o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Bugun maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi farzandlarimizning porloq kelajagini yaratishga xizmat qiladi. Siz bilan birgalikda yoshlarda yurtga sadoqat, qonunlarga hurmat, bilimga intilish tuyg‘ularini mustahkamlash yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqdamiz.
Shu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy farovonlik va yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
8-dekabr – Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Mirzo Ulug‘bek tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
Piryazova Marxabo Bekmetovna
Mirzo Ulug‘bek tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
Piryazova Marxabo Bekmetovna









