Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, UNICEF va Respublika Tashxis markazi hamkorligida "Inklyuziv ta’lim va barqaror taraqqiyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi


Bunda ko‘zlangan maqsad —  alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, inklyuziv ta’limni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish va samarali amaliyotlarni mahalliy tizimga joriy etishdir.

Konferensiyani kirish so'zi bilan vazir o'rinbosari Farhod Boqiyev ochib berdi va tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va xalqaro hamkorlik haqida so'z yuritdi. 

Tadbir gibrid shaklda tashkil etilgan, unda inklyuziv taʼlim yoʻnalishi boʻyicha shugʻullanayotgan pedagog xodimlar, psixologlar, metodistlar ishtirok etdi.

Anjuman davomida ishtirokchilar mamlakatimizda shakllanib borayotgan inklyuziv ta’lim tizimining tarkibiy tuzilishi, ish mazmuni, shakl va usullari, pedagogik va psixologik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, kadrlar bilan ta’minlanish masalalari, elektron axborot almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar hamda metodik ta’minotning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qiladilar.




Foydali Havolalar