U-20 O‘zbekiston Kubogi: Rapira yo‘nalishida eng kuchlilar aniqlandi!


Bugun, g‘alaba ruhi jo‘shgan U-20 O‘zbekiston Kubogida rapira yo‘nalishida yosh mahorat egalari final pallasiga yetib keldi. Bellashuvlar shiddatli, hissiyotlar esa har qachongidan kuchli bo‘ldi!

Alohida ta’kidlash joizki, musobaqalar Qoraqalpog‘iston qilichbozlik bo‘limi tomonidan yuqori saviyada, puxta tashkillashtirildi. Sportchilar va murabbiylar uchun yaratilgan sharoit, musobaqa jarayonining professional o‘tishi barchaning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

🏆 Yigitlar orasida g‘olib va sovrindorlar:

🥇 A’zamat Muhamedov — Toshkent
🥈 Serdar Pulatov — Toshkent Mirzo Ulug`bek tumani 50-sonli maktab o`quvchisi
🥉 Akmal Ibragimov — Toshkent
🥉 Jamoliddin Maripjonov — Farg‘ona OPSTTM (Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi)

Qizlar o‘rtasida eng yaxshi natijalar:

🥇 Asal Karimova — Toshkent
🥈 Durdona Madaminjonova — FOPSTTM
🥉 Shahruza Muxitdinova — Toshkent
🥉 Shabnam Normamatova — Toshkent

Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz!

Foydali Havolalar