Мaktabimizda “O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani 50-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'i Marxabo Piryazova shuningdek, soha mutaxassislari va maktab jamoasi ishtirok etdi.
Dastur davomida o‘quvchilarga millatlararo totuvlik, bag’rikenglikning ahamiyati haqida tushunchalar berib o’tildi.









