Mirzo Ulug’bek tumanida ta’lim sohasiga oid yig’ilish bo’lib o’tdi
Bugun Mirzo Ulug‘bek tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tuman MMTB boshlig‘i Piryazova Marxabo Bekmetovna, Ichki ishlar organlari xodimlari hamda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari Ma’mur Parmonov ishtirokida navbatdagi muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda ta’lim muassasalari direktor va ularning o‘rinbosarlari qatnashib, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilar va pedagoglar o‘rtasida intizomni mustahkamlashga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar qatorida davomatni ta’minlash, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, axborot xavfsizligini mustahkamlash, hamda ta’lim muassasalarida hamkorlikni yanada kuchaytirish kabi yo‘nalishlar muhim o‘rin egalladi.









