“InnoWeek-2025” — “Chegarasiz g‘oyalar” xalqaro haftaligi boshlandi


Bugun CAEx – O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “InnoWeek–2025” VIII Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Hilola Umarova qatnashib, haftalik ishida omad tiladi. 

Tadbirda hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, yirik ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizim ishtirokchilari, yosh innovatorlar va ixtirochilar hamda boshqalar qatnashdi.

Haftalikda mahalliy va xalqaro yirik kompaniyalar, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari, venchur fondlar, moliya tashkilotlari, xalqaro ma’lumotlar bazalarining vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirda shuningdek dunyoning 30 ga yaqin davlatlaridan vakil va elchilar ishtirok etmoqda.



Foydali Havolalar