O‘zbekiston va Rossiya ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashuv uchrashuvi Mirzo Ulug‘bek tumanida bo‘lib o‘tdi
Bugun Mirzo Ulug‘bek tumani 190-sonli ayrim fanlari chuqur o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktabida Novosibirsk umum ta’lim va kasb-hunar ta’limi muassasalari vakillari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Tashrif davomida mehmonlar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari hamda kasb-hunar ta’limi yo‘nalishidagi tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv ikki davlat ta’lim tizimi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va ilg‘or tajribalarni almashish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Mirzo Ulug‘bek tumani MMTB