“Gadjetlar va men” – Kelajak soatida
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani ta’lim muassasalarida “Gadjetlar va men” mavzusida Kelajak soati darslari o‘tkazildi. Darslar davomida o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalar — telefon, planshet, kompyuter kabi gadjetlarning foydali va zararli jihatlari haqida tushunchalar berildi.
Bu darslardan ko’zlangan asosiy maqsad — bolalarda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish, vaqtni unumli taqsimlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.
Mirzo Ulug‘bek tumani MMTB