Tatariston Respublikasida taʼlim sohasi vakillari ishtirokida oʻtkazilayotgan "Kelajakni shakllantirish" uchinchi xalqaro forumida Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi masʼul xodimlari ham qatnashmoqda


Dunyoning 30 dan ortiq davlatlari vakillari ishtirokida tashkil etilgan forum doirasida milliy va xalqaro darajada taʻlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, kelgusi rejalar hamda oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Forum doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi aʻzolari bir qator ishtirokchi mamlakatlar hamda taʻlim tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi hamda oʻzaro hamkorlik masalalari xususida fikr almashdi.

Tadbirda taʻlim sohasida AKT, sunʻiy intellekt va turli xil innovatsiyalardan foydalanish boʻyicha koʻrgazmalar tashkil qilindi.


Foydali Havolalar