“Kitobxon ona – kitobxon bola”


Bugun, 50-IDUM tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi simpoziumlar zalida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, ona va bola o‘rtasidagi o‘qish muhitini mustahkamlash bo'yicha tashkil qilindi. 
Kitob – insonning eng yaqin do‘sti, fikrlash quroli va ma’naviyat manbai. Kitob mutolaasi orqali ong, tafakkur va dunyoqarash kengayadi. Yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.
“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari!” tamoyili asosida bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida kitobga muhabbat uyg‘otadi.




Mirzo Ulug‘bek tumani MMTB






Foydali Havolalar