Maktabimizda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish Markazi”da maktab о‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Filial mutasaddilari tomonidan maktab o‘quvchilariga elektr energiyasini tejash va oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish hamda elektr ta’minoti tizimida raqamli texnologiyalarni tatbiq etish haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shu bilan bir qatorda, "Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish Markazi" imkoniyatlari hamda bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan о‘quvchilar yaqindan tanishdilar.
Bu kabi tadbirlarni о‘tkazishdan yana bir maqsad о‘quvchi qizlarni sohaga qiziqtirish va kelajakda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va energetika tarmog‘ida xotin-qizlar faoliyatini kengaytirishdan iborat.
Bu kabi “Ochiq eshiklar kuni” Jamiyatning barcha tarkibiy korxona filiallari tomonidan ham о‘tkazilmoqda.