Maktabimizda “Xotira aziz – qadr muqaddas” tadbiri bo‘lib o‘tdi
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 50-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida “Xotira aziz – qadr muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylariga hurmat bajo keltirildi, yoshlarga vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy chiqishlar namoyish etildi.
