Elektr energiyasidan qay tarzda samarali foydalanish mumkin?
Bugun Toshkent shahridagi 50-maktab о‘quvchilari uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Fransiya taraqqiyot agentligi hamkorligida elektr energiyasidan oqilona foydalanish, energiya tejamkor uskunalarni qо‘llash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yuzasidan “ochiq dars” о‘tkazildi.
Tadbir davomida ta’lim muassasa о‘qituvchilari va о‘quvchilariga mavzu yuzasidan atroflicha ma’lumot berilib,video-roliklar, tarqatma materiallar taqdim etildi.