Toshkent shahrida o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik” ixtiyoriy talab bo‘yicha sport sinovlari qabul qilinmoqda
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 50 va 64-umummata’lim maktabi o‘quvchilaridan “Jismoniy tayyorgarlik” ixtiyoriy talab bo‘yicha sport sinovlari qabul qilindi.
Tadbirda Sport vaziri o'rinbosari Shaxrillo Maxmudov va tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.
O'quvchilar sportning
- 10 metrga slalom yugurish;
- 3 metrga klassik oʻyinida borib qaytish;
- chiziq boʻylab sakrash;
- 3-10 metr moksimon yugurish;
- kurakda yotgan holda oyoqlarni juftlashtirib gavdani yuqoriga koʻtarish turi boʻyicha sport sinovlarini topshirdi.
Shuningdek, Vazir kotibiyati boshlig‘i Bobur Hamrayev va tegishli mutasaddilar Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan 202- va 138-maktablarida boʻlib, maktab o'quvchi yoshlaridan “Jismoniy tayyorgarlik” ixtiyoriy talab bo‘yicha sport sinovlari qabul qilish jarayonlarini koʻzdan kechirishdi