Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda "Giyohvandlik va OITS - kelajak kushandasidir" mavzusida tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi "2025 yil respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda "Giyohvandlik va OITS - kelajak kushandasidir" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazining uslubiy, profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish bo‘limi shifokori Akmal Kuldashevich Baxramov hamda Markazning poliklinika bo‘limi shifokori Dilafruz Rixsiyevna Karimovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.