Maktabimizda "Biz hayotni tanlaymiz" shiori ostida amaliy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 maydagi O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-73-son Farmoni hamda ushbu Farmonda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 — 2028 yillarga mo‘ljallangan Milliy Strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2025 yil 18 aprel kuni soat 08:00 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 50-sonli matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida Toshkent shahar IIBB Kinologiya bo‘limi bilan hamkorlikda “Biz hayotni tanlaymiz!” shiori ostida amaliy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.