Maktabimizda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
Mirzo Ulug'bek tumanidagi 50-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida g'azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
E'tiborlisi, tadbir doirasida maktabning 9-10 sinf o'quvchilari o'rtasida insholar, g'azalxonlik tanlovlari o'tkazildi va g'olib hamda sovrindorlar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandi.
O'quvchilar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur barchaga manzur bo'ldi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati